Passiv turmush tarzi yurak-qon tomir tizimini, o‘pkani susaytiradi va miya faoliyatini yomonlashtiradi

Passiv turmush tarzi yurak-qon tomir tizimini, o‘pkani susaytiradi va miya faoliyatini yomonlashtiradi

Jons Xopkins universiteti tibbiyot markazining pulmonologi Panagis Galiasatosning ta’kidlashicha, uyda qolish bilan odamlar deyarli harakat qilmaydi, o‘pkada qon oqimi ko‘paymaydi, bu insonga faqat zarar keltiradi. "Jismoniy mashqlar - yurak va o‘pka faoliyatini yaxshilashning yagona kalitidir - buning o‘rnini hech qanday dori bosa olmaydi", - deya ta’kidladi olim.

Ayniqsa, o‘zini yakkalash davrida oziq-ovqat iste’mol qilish jadvali mavjud bo‘lmay, insonlar muntazam ravishda ovqatlanishadi, bu esa ortiqcha vazn yig‘ilishiga olib keladi. Notr-Dam universiteti anatomiya va fiziologiya professori Jayls Duffildning aytishicha, normal sharoitda odamlar yuqori kaloriyali ovqatlarni soat 10:00 dan 15:00 gacha iste’mol qilishga harakat qilishadi, karantin davrida esa oraliq kunning ikkinchi yarmiga o‘tib qoladi, bu esa insulin darajasining keskin ortishiga olib keladi.

Uyda bo‘lganlarida, odamlar gadjetlar bilan juda ko‘p foydalanadi, oldinga egilib, yelkalari tushib, umurtqa pog‘ona va bo‘yin egilib qoladi. Bunday vaziyat insonlarning holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Epidemiolog va Kaliforniya universiteti professori Brendon Braunning ta’kidlashicha, bel qismi o‘z holiga qaytish uchun ish vaqtida xar soatda bir marta turish va harakatlanish, cho‘zilish hatto yerga yotish lozim.

Shuningdek, o‘zini yakkalash davrida uyquning sifati va miqdori yomonlashadi, sababi odamlar derazalarni ochmaydilar va pardalarni yopib qo‘yadilar. Shu bilan birga, odamlarda har qanday vaqtda yetarlicha uxlashimiz mumkin degan noto‘g‘ri fikr paydo bo‘ladi, ammo ko‘ngil ochish va ish jarayoni chalg‘itadi, bu esa qarama-qarshilikni keltirib chiqaradi - inson uyda bo‘ladi, lekin uxlay olmaydi.

Odamlarda miyaning faoliyati sekinlashib bormoqda. Jismoniy zo‘riqish paytida tanadagi qonda toksinlarni parchalaydigan va ularning miyaga kirishiga to‘sqinlik qiladigan kimyoviy reaksiyalar amalga oshiriladi. Sport bilan shug‘ullanmaslik, toksinlar u qadar samarali tarzda parchalanmaydigan holatga olib keladi va ular miyada to‘plana boshlaydi.

 


 

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!