Pashinyan Rossiya prezidenti inaugurasiyasida qatnashmaydi

Pashinyan Rossiya prezidenti inaugurasiyasida qatnashmaydi

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan 7 may kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putinning inaugurasiyasida ishtirok etmaydi.

Bu haqda «News.am» nashri ma’lum qildi.

Hozircha bu borada qaror qabul qilinmagani ma’lum qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, u 8 may kuni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining 10 yilligiga bag‘ishlangan yubiley sammitida ishtirok etadi.

Qayd etilishicha, Nikol Pashinyan G‘alaba kuni munosabati bilan 9 may kuni Rossiyada tashkil etiladigan tadbirlarda qatnashmaydi.

Hukumat matbuot xizmati vaqti kelganda Bosh vazirning tashriflari haqida ma’lumot berishini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!