Parkent tumanida yuk avtomobili ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berildi

Parkent tumanida yuk avtomobili ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berildi

Joriy yilning 22 iyun kuni soat taxminan 11:30 larda Toshkent viloyati Parkent tumani hududidan o‘tgan
4R15 “Qiziltog‘-Parkent-Yangibozor” avtomobil yo‘lining 56-kilometrida (Markaziy bozor qarshisida) haydovchi
2000 yilda tug‘ilgan R.N “Kamaz” rusumli yuk mashinasini boshqarib kelayotib, oraliq masofani saqlamaganligi va harakat tezligini nazorat qila olmaganligi sababli o‘zi bilan bir yo‘nalishda bo‘lgan 2 ta “Cobalt”, “Spark” va “Lasetti” rusumli transport vositalari ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir etgan.

Ushbu yo‘l transport hodisasi natijasida tan jarohati olgan fuqorolar yo‘q.

Hozirda holat yuzasidan Parkent tumani IIB Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!