Oziq-ovqat mahsulotlari qimmatlashuvi evaziga Tojikistonda inflyasiya o‘sdi

Oziq-ovqat mahsulotlari qimmatlashuvi evaziga Tojikistonda inflyasiya o‘sdi

"Tojikistonda sentyabr oyi inflyasiyasi 1,1 foizni tashkil etdi", – deya xabar beradi Tojikiston milliy banki.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,5 foiz ko‘p. Inflyasiya oshishiga oziq-ovqatlarning 2,8 foiz va boshqa mahsulotlarning 0,6 foiz qimmatlashuvi sabab bo‘lgan.

Shuningdek, sentyabr oyida pulli xizmat ko‘rsatish 3,8 foiz kamaygan.

Shunday qilib, 2018 yilning 9 oyi davomida inflyasiya 3,8 foizni tashkil etdi.

Yil oxiriga qadar inflyasiya 7 foizdan oshishi kutilmoqda.

2017 yili inflyasiya 6,7 foiz bo‘lgan edi.

Manba: turon24.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!