Oltin archa o‘rnatildi: qiymati 2,3 million dollar​

Oltin archa o‘rnatildi: qiymati 2,3 million dollar​

Myunxenda "Pro Aurum" nemis kompaniyasi va Avstriya zarbxonasi hamkorligida qiymati 2,3 million dollar turuvchi oltin archa o‘rnatildi. Balandligi uch metr bo‘lgan archa o‘yinchoqlar o‘rnidagi "Wiener Philharmoniker"ning tilla tangalari bilan bezatilgan. 

“Federal Press” xabariga ko‘ra, kompaniyadagilar bu Yevropadagi eng qimmat archa ekanini aytishmoqda. "Pro Aurum" ofisiga o‘rnatilgan va tunu kun soqchilarning nazoratida bo‘lgan archani barcha xohlovchilar kelib ko‘rishi mumkin. 

Ma’lumot uchun, 2017 yilda Belgradda 83 ming yevrolik sun’iy archa o‘rnatilgan va u “dunyodagi eng qimmat sun’iy ancha”, deyilgandi.

Manba: O‘zA


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!