Olimlar Yerga yaqinlashib kelayotgan asteroid xavfidan ogohlantirdi

Olimlar Yerga yaqinlashib kelayotgan asteroid xavfidan ogohlantirdi

Apofis asteroidi 2068 yilda Yerga qulashi mumkin, 2029 yilda esa Yerning tabiiy yo‘ldoshi Oydan 10 barobar yaqinroq masofada plangetamizga yaqin kelishi kutilmoqda. Bu to‘g‘rida Rossiyaning Peterburg davlat universiteti olimlari ma’lum qildi.

Bu asteroidning o‘ziga xosligi shundaki, aniq belgilangan vaqt o‘lchovi bilan 2029 yilning 13 aprelida sayyoramizga 38 ming kilometr masofagacha yaqinlashadi (Oy Yer sayyorasidan 384ming kilometr uzoqlikda koinot bo‘ylab sayr qiladi). Bu yaqinlashish kutilishi mumkin bo‘lgan falokat trayektoriyasi nihoyatda qisqa ekanini bildiradi. 2051 yilga qadar asteroidning Yer yuzasiga doimiy yaqinlashishi kutilmoqda. Apofisning Yer yuzasiga kelib urilish muddati 2068 yil deb taxmin qilinmoqda , - deyiladi yanvar so‘ngida maxsus konferensiyada o‘qilishi kutidayotgan ma’ruza matnida.

Erning Apofis bilan 2068 yilda sodir bo‘lishi kutilayotgan to‘qnashuvi ehtimolini NASA olimlari ham ma’lum qilgan edi.

2004 yilda mazkur asteroid tadqiq etilib, uning o‘lchami 325 metr ekani aytilgan edi. Mazkur asteroid bilanto‘qnashuv ehtimoli hisob-kitoblarga ko‘ra, 2,7 foizni tashkil etgan. Asteroidga qadimiy egiped zulm va buzg‘unchilik xudosi Apofis nomi berilgani ham bejizga emas. Asteroidning 2029 yilda Yer yuziga qulashi taxmin qilingan edi. Keyinroq olimlar ushbu xavfni rad etib, 2029 yilning 13 aprelida Yer markazidan 37,6 kilometr uzoqlakda Aporfis sayr etishi aniqlandi.

ria.ru


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!