Og‘maxon yo‘qolib ketish xavfi ostidagi turlar qatoriga kiritildi

Og‘maxon yo‘qolib ketish xavfi ostidagi turlar qatoriga kiritildi

Cricetus cricetus nomli oddiy og‘maxon yo‘qolib ketish xavfi ostidagi hayvon sifatida Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining ro‘yxati kiritildi. Ta’kidlanishicha, kemiruvchilarning ushbu vakili zudlik bilan himoyaga muhtoj.

Og‘maxon bir qator sabablarga ko‘ra, to‘liq yo‘qolib ketish xavfi ostidagi tur sifatida topilgan.

Masalan, kemiruvchining yo‘qolib ketishiga shaharlar sonining ortishi, yangi yo‘llar qurilayotgani, qishloq xo‘jaligi sohasida pestisidlardan foydalanish, atrof-muhitning ifloslanishi, iqlimning o‘zgarishi sabab qilib ko‘rsatilgan.

Shuningdek, yana bir qator hayvonlar — Afrika maymunlari, shimol silliq kiti, Madagaskar lemurlari yo‘qolib ketish xavfi ostida deb topilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!