OAV: 150 ming Isroil fuqarosi parvozlar to‘xtatilgani sababli mamlakatga qayta olmadi

OAV: 150 ming Isroil fuqarosi parvozlar to‘xtatilgani sababli mamlakatga qayta olmadi

Isroilning Channel-12 telekanali xabariga ko‘ra, ko‘plab aviakompaniyalar Tel-Avivga parvozlarni to‘xtatgani uchun 150 mingga yaqin isroillik o‘z yurtiga qaytib kela olmadi.

Isroilga qarshi Eron, Livan Hizbulloh harakati va Falastin HAMAS tomonidan javob hujumlari ehtimoli ko‘plab aviakompaniyalarni Isroilga parvoz qilishdan ehtiyot bo‘lishga olib keldi. Binobarin, bundan mamlakat tashqarisidagi Isroil fuqarolari ham aziyat chekdi.

Channel-12 o‘z veb-saytida xabar berishicha, ko‘plab aviakompaniyalar Tel-Avivga parvozlarni bekor qilgan, buning natijasida 150 mingga yaqin isroillik mamlakatga qaytib kela olmadi.

Kecha Isroil davlat televideniyesi KAN xabariga ko‘ra, mamlakatga qayta olmagan 4000 ga yaqin isroillik Tel-Avivdagi Tashqi ishlar vazirligiga murojaat qilib, ularni Isroilga qaytarishni so‘ragan.

Yaqin Sharqdagi keskinlik tufayli 15 ta xalqaro aviakompaniya Tel-Avivga parvozlarni vaqtincha yoki noma’lum muddatga to‘xtatdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!