Nima uchun koronovirus infeksiyasi bolalarda kattalarga nisbatan  engil o‘tadi?  

Nima uchun koronovirus infeksiyasi bolalarda kattalarga nisbatan  engil o‘tadi?  

Bugun AOKAhuzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Barno Abdusamatova ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Brifingda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq savol va murojaatlar yuzasidan javob berildi.

- Nima uchun koronovirus infeksiyasi bolalarda kattalarga nisbatan yengil o‘tadi?

- Koronavirus bolalarda aksariyat hollarda yengil shakldagi O‘RVI singari kechadi: tomoq og‘rig‘i, yo‘tal, burun oqishi va aksirish.

Kasallik og‘irroq kechayotgan bo‘lsa – tana haroratining 37,5-39 darajagacha ko‘tarilishi, holsizlik va bosh og‘rig‘i kuzatiladi.

Kasallik yengil kechishiga  quyidagi sabablar taxmin qilinadi:

Kattalarga nisbatan sog‘lom o‘pkaga egaligi tufayli bolalar kasallikning og‘ir shakllariga beriluvchan emas;

Bolalar, ayniqsa erta yoshdagi bolalar yomon odatlarga - chekish va boshqalarga ega emasligi;

Tug‘ma immunitet, ya’ni nospesifik himoya bolalarda kattalarga nisbatan kuchli bo‘lganligi;

COVID-19 virusi hujayra ichiga kirishi uchun o‘z oqsilini inson hujayralaridagi S reseptorlar bilan bog‘laydi. Bolalarda ushbu reseptorlarning soni va faolligi kam. Ya’ni, bolalarda virus kirishi uchun nishonlar kam; 

Bolalar bog‘cha va maktablarda o‘zlari uchun juda ko‘p yangi respirator infeksiyalarga uchraydilar. Buning natijasida ularda bir qator kasalliklarga qarshi antitelalar xosil bo‘lib, ularning miqdori kattalarnikiga nisbatan ko‘p bo‘ladi.

Lekin shuni yodda tutish kerakki, bolalarda ham kasallik o‘tkazilib yuborilsa va shifokorga kech murojaat qilinsa xamda ularda nafas olish tizimining surunkali kasalliklari mavjud bo‘lsa, ularda ham kasallik og‘ir kechishi holatlari kuzatilishi hamda o‘limga ham olib kelishi mumkin.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!