Nikkei fond indeksi pasayib, 1987 yildan beri eng katta qulashni qayd etdi

Nikkei fond indeksi pasayib, 1987 yildan beri eng katta qulashni qayd etdi

Yaponiyaning Nikkei fond indeksi 13 foizga pasaydi, bu 1987 yildan beri eng katta qulash hisoblanadi — Reuters.

Buning asosiy sababi Qo‘shma Shtatlardagi retsessiya ehtimolidan xavotirlardir, deb yozadi agentlik.

Bundan tashqari, Yapon iyenasining AQSh dollariga nisbatan mustahkamlanishi kuzatilmoqda. AQSh fond indekslari ham pasaydi, NASDAQ fyucherslari 4,7 foizga, S&P 500 fyucherslari esa 12,4 foizga tushdi.

Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi boshqa mamlakatlarning fond bozorlarida ham pasayish kuzatildi. Tayvanning TAIEX indeksi 8 foizdan ko‘proqqa, Janubiy Koreyaning KOSPI indeksi 7 foizga pasaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!