«Navbahor»—«Qo‘qon-1912» o‘yinidan qaytayotgan namanganlik futbol muxlislari avtohalokatga uchradi. Qurbonlar bor

«Navbahor»—«Qo‘qon-1912» o‘yinidan qaytayotgan namanganlik futbol muxlislari avtohalokatga uchradi. Qurbonlar bor

10 mart, yakshanba kuni Toshkentda futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi 1-turi doirasida Namanganning Navbahor jamoasi Qo‘qonning Qo‘qon-1912 klubi bilan bellashdi.

Tomonlarning 1:1 hisobidagi durang natijasi bilan yakunlangan bahsdan so‘ng, namanganlik muxlislar Namanganga qaytishda avtohalokatga uchragan.

Navbahor muxlislar klubi yetakchisi Farhod Umaraliyevning Daryo ga ma’lum qilishicha, Navbahor ning 5 nafar muxlisi bo‘lgan Nexia avtomobili To‘raqo‘rg‘onda qarama-qarshi yo‘nalishdagi Damas bilan to‘qnashib ketgan. Oqibatda Nexia dagi 2 nafar muxlis voqea joyida vafot etgan. 3 nafar muxlis esa kasalaxonaga joylashtirilgan. Ularning bari koma holatida bo‘lgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, jarohatlanganlardan birining ahvoli yaxshilanib, palataga olingan.

Ta’kidlash joiz, Navbahor Qo‘qon-1912 bellashuvi Namangandagi markaziy stadion tayyor emasligi boisdan Toshkentga ko‘chirilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!