O‘zbekiston Qozog‘istondagi mehnat migrantlari soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi

O‘zbekiston Qozog‘istondagi mehnat migrantlari soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi

Joriy yilning 1 iyun holatiga ko‘ra, Qozog‘istonda ijro hokimiyati organlari tomonidan berilgan ruxsatnomalar bilan 13,9 ming nafar chet el fuqarosi mehnat qilmoqda. Bu haqda Qozog‘istonning Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xorijiy ishchilarning asosiy qismi qurilish (4,4 ming), ma’muriy xizmat ko‘rsatish (1,6 ming), qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi (1,8 ming), tog‘-kon sanoati (1,3 ming) va ishlab chiqarish (1,2 ming) sohalarida band.

Mehnat migrantlarining soni bo‘yicha Xitoy birinchi o‘rinda turibdi (3,9 ming). Ikkinchi o‘rinda O‘zbekiston (1,9 ming), uchinchi o‘rinda esa Hindiston (1,1 ming) va Turkiya (1,1 ming) bormoqda.

Joriy yilda xorijiy mutaxassislarni jalb qilish kvotasi 22 ming kishini tashkil etadi, bu umumiy ishchi kuchining 0,23 foizini tashkil qiladi, deyiladi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!