O‘zbekiston delegasiyasi vakillari Koreyada uchrashuvlar o‘tkazmoqda
Koreyaga tashrif davomida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi delegasiyasi vakillari Koreya Milliy muzeyi qoshidagi Ta’lim va madaniy hamkorlik byurosi ijrochi direktori bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tomonlar madaniyat muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari, O‘zbekiston muzey sara to‘plamlariga mansub ko‘rgazmalarni Koreya Milliy muzeyida o‘tkazish imkoniyatlarini muhokama qilishdi.
O‘zbekiston Koreya Respublikasining Markaziy Osiyodagi strategik hamkori bo‘lib, ikki yil avval o‘zaro samarali hamkorlikning o‘ttiz yilligini nishonlagan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)