Erga «Qotil asteroid» yaqinlashmoqda

Erga «Qotil asteroid» yaqinlashmoqda

Olimlar tomonidan «sayyora qotili» deb atalgan katta asteroid Yer tomon harakatlanmoqda. Hisob-kitoblariga ko‘ra, 27 iyun kuni u sayyoraga 6,6 million km masofada yaqinlashadi. Bu asteroid so‘nggi 125 yil ichida Yerga yaqinlashadigan eng katta kosmik ob’ektlardan biri sifatida tan olingan.

2011 UL21 asteroidi Yer yaqinidan 93 ming km/soat tezlikda o‘tadi. Avvalgi kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, Quyosh atrofida aylanish jarayonini yakunlash uchun unga 3 yil kerak bo‘ladi. Uning o‘lchami 1,7 dan 3,9 km gacha - bu astronomlarga ma’lum bo‘lgan asteroidlarning 99 foizidan kattaroqdir.

Olimlarning ta’kidlashicha, 2011 UL21 asteroidi 66 million yil oldin dinozavrlarni yo‘q qilgan kosmik toshdan taxminan besh baravar kichikroq. U bilan ehtimoliy to‘qnashuv bo‘r-paleogen falokatiga qaraganda kamroq talofatli bo‘ladi. Ammo bunday asteroid kontinental miqyosdagi o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi va global iqlim o‘zgarishiga olib kelishi uchun atmosferaga yetarlicha chiqindilarni chiqarishi mumkin.

Astronomlarning fikricha, asteroidni teleskoplar yordamida tungi osmonda 28 va 29 iyun kunlari ko‘rish mumkin.

Katta asteroidning Yer yaqinidagi navbatdagi «tashrifi» 2089 yilda kutilmoqda. U bizning sayyoramizga 2,7 million km masofada yaqinlashadi - hozirgidan ikki baravar yaqinroq.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!