Gazprom O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochdi

Gazprom O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochdi

O‘zbekistonda Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasining vakolatxonasi ochildi, deb xabar qildi Rossiya savdo vakolatxonasi matbuot xizmati. Yuridik shaxslar reestrida tegishli yozuv paydo bo‘ldi.

«TASS»ning qayd etishicha, 2024 yilning may oyida O‘zbekiston Energetika vazirligi «Gazpromneft» bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha shartnoma imzolagan.

Bir yil avval O‘zbekiston «Gazprom» bilan ikki yilga gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolagan edi, yillik yetkazib berish hajmi 2,8 milliard kub metrni tashkil qiladi.

O‘zbekiston yetkazib berish hajmini 3,5 barobar oshirish uchun infratuzilmasini modernizasiya qilmoqchi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!