Ingliz tili Ukrainada xalqaro muloqot tillaridan biri maqomini oldi

Ingliz tili Ukrainada xalqaro muloqot tillaridan biri maqomini oldi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatda ingliz tilining maqomi to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Bu haqda “RBK-Ukraina” Rada saytiga tayanib xabar berdi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bir yil oldin Radaga ingliz tilining maqomi to‘g‘risidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqish uchun kiritgan edi. Parlament davlat rahbari tashabbusini faqat joriy yilning 4 iyunida ikkinchi o‘qishda qabul qildi.

Hujjat ingliz tilini Ukrainada xalqaro muloqot tillaridan biriga aylantirishni ko‘zda tutadi.

Shuningdek, qonunga ko‘ra, endi Ukrainada amaldorlar, shartnoma bo‘yicha xizmat qilayotgan harbiylar, o‘rta va katta polisiya xodimlari va boshqalar ingliz tilini bilishlari kerak bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!