Orol dengizini qo‘llab-quvvatlash uchun: har yili o‘tkaziladigan Aral Sea Eco Marathon Orol dengizi xalqaro e’tiborni tortmoqda

Orol dengizini qo‘llab-quvvatlash uchun: har yili o‘tkaziladigan Aral Sea Eco Marathon Orol dengizi xalqaro e’tiborni tortmoqda

Qoraqalpog‘istonda Orol dengizi tubida Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov tashabbusi bilan Butunjahon cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab “Aral Sea Eco Marathon” bo‘lib o‘tdi.
Marafonda Keniya, Togo, Fransiya, Xitoy, Yaponiya, Pokiston, Filippin va O‘zbekistondan 12 nafar sportchi 42 km 195 m masofani bosib o‘tdi. Jumladan, yurtimizdan Alimardon Sobirov, Denis Mambetov, Nurbek Husanov, Andrey Kulikov ishtirok etdi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad Orol dengizining ekologik halokati va suv resurslaridan oqilona foydalanish zarurligiga dunyo e’tiborini jalb qilishdan iborat.

4:43:23 va undan yuqori natija qayd etgan sportchilar Orolbo‘yi fojiasi naqadar jiddiy ekanini ta’kidlab, jahon hamjamiyatini suv resurslaridan oqilona foydalanishga chaqirdilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!