Rossiya va Ukraina «90 ga 90» formulasi bo‘yicha asirlar almashdi

Rossiya va Ukraina «90 ga 90» formulasi bo‘yicha asirlar almashdi

Rossiya va Ukraina harbiy asirlarni «90 ga 90» formulasiga ko‘ra almashishdi. Bu haqda ikki davlat rasmiylari 25 iyun, seshanba kuni ma’lum qildi. Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) muzokaralar jarayonida vositachi sifatida ishtirok etdi.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Milliy gvardiya, hududiy mudofaa kuchlari askarlari va chegarachilar asirlikdan qaytganini ma’lum qildi. «Biz Rossiya asirligidagi barcha fuqarolarimizni unutmaymiz», - deya qo‘shimcha qildi Ukraina rahbari.

Harbiy asirlar bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi shtab ma’lumotlariga ko‘ra, Kiyev Mariupolning 59 himoyachisini almashishga muvaffaq bo‘ldi, ulardan 52 nafari «Azovstal» mudofaasida qatnashdi. Xerson, Donesk, Xarkiv, Zaporijjya va Luhansk yo‘nalishlarida qo‘lga olinganlar ham Ukrainaga qaytdi.

Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati Ukraina asirligidagi rossiyalik harbiy xizmatchilar «o‘lim xavfi»ga duch kelganini ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!