Hindiston Rossiyaga rekord darajadagi mobil telefonlarni sotdi

Hindiston Rossiyaga rekord darajadagi mobil telefonlarni sotdi

Yanvardan aprelgacha Hindistondan Rossiyaga smartfon yetkazib berish hajmi 85 million dollardan oshdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga (6 million dollar) nisbatan 14 barobar ko‘p, deb yozadi «Kommersant».

Aprel oyida Hindiston Rossiyaga 12,3 million dollarlik smartfon yetkazib berdi, bu o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan qariyb 6 barobar ko‘pdir. Yevropa statistika xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya Hindistondan mobil telefonlar sotib oluvchilar orasida 12-o‘rinni egalladi.

Birinchi chorakda Rossiya va Hindiston o‘rtasidagi savdo hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5 foizga o‘sib, rekord darajadagi 17,5 milliard dollarni tashkil etdi. Hindiston tovarlarining Rossiyaga eksporti 22 foizga oshib, 1,2 milliard dollarni tashkil etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!