Rossiya Yevropa Ittifoqining 81 ta ommaviy axborot vositasini blokladi

Rossiya Yevropa Ittifoqining 81 ta ommaviy axborot vositasini blokladi

Rossiya Yevropa Ittifoqining o‘nlab ommaviy axborot vositalariga internet orqali kirish imkoniyatini chekladi. Ro‘yxatga 81 ta nashr va agentlik kiritilgan. Ular orasida Agence France-Presse, Politico, La Stampa, La Repubblica, El Pais, El Mundo, Der Spiegel va boshqalar bor.

Avvalroq, Yevropa Ittifoqi Rossiyaning «RIA Novosti», «Izvestiya» va «Rossiyskaya gazeta» nashrlarini targ‘ibotda ayblab, taqiqlagan edi. Rossiya bunga javoban Yevropa nashrlariga nisbatan cheklovlar joriy qilgani ta’kidlanmoqda.

«Rossiya tomoni rossiyalik jurnalistlarni siyosiy sabablarga ko‘ra ta’qib qilish va Rossiya ommaviy axborot vositalariga Yevropa Ittifoqi hududida asossiz taqiqlar qo‘yish e’tibordan chetda qolmasligi haqida bir necha bor ogohlantirgan», deyiladi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi saytida.

Ro‘yxatga 25 davlatning nashrlari kiritilgan. Ular orasida Germaniyaning Die Zeit jurnali, Polshaning Belsat telekanali, Fransiyaning Le Monde va Liberation gazetalari, Eurobserver internet nashri, Shvesiyaning SVT teleradiokompaniyasi bor. TIV qo‘shimcha qilishicha, agar Rossiya ommaviy axborot vositalariga qo‘yilgan cheklovlar olib tashlansa, Rossiya tomoni ham «ushbu media operatorlariga nisbatan o‘z qarorini qayta ko‘rib chiqadi».


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!