Dog‘istonlik erkak “axloqsiz xatti-harakatlari” uchun o‘z xotiniga 16 marta pichoq urdi

Dog‘istonlik erkak “axloqsiz xatti-harakatlari” uchun o‘z xotiniga 16 marta pichoq urdi

Maxachqal’alik ismi oshkor etilmagan erkak xotiniga pichoq bilan hujum qilib, 16 marta zarba berib, tez yordam chaqirishga imkon bermay, xonaga qamab qo‘ydi.

Erkak mazkur jinoyatga ayolining “axloqsiz xatti-harakatlari” sabab bo‘lganini aytgan. Voqea paytida er-xotinning ikki farzandi ham uyda bo‘lgan.

Hujum natijasida jabrlanuvchining o‘pkasi, jigari, oshqozoni, ichaklari, qo‘llari va oyoqlari shikastlangan. Ayolning onasi tez yordam chaqirganidan keyin u kasalxonaga yotqizilgan.

Voqeadan so‘ng erkak g‘oyib bo‘lgan va 12 kun davomida aloqaga chiqmagan. U qidirilayotgan vaqtda erkakning qarindoshlari kasalxonada yotgan ayolga eriga hech qanday shikoyati yo‘qligini aytib, ariza yozishini talab qilgan. Jabrlanuvchi bunga rozi bo‘lgach, uning eri jinoyat ishini to‘xtatish uchun polisiyaga kelgan. Konstitusiyaning 51-moddasiga asoslanib, u ko‘rsatma bermagan.

Ayol sudga shikoyat qilib, kasalxonada sodir bo‘lgan voqea haqida gapirgan, shuningdek, u o‘zi va bolalari uchun xavotirda ekanini ta’kidlagan. Biroq sud tergovda erkakning qochishi yoki guvohlarga bosim o‘tkazishi mumkinligi to‘g‘risida yetarli dalillar keltirilmagani sabab gumonlanuvchini tergov izolyatoriga yuborishdan bosh tortgan.

Erkak uy qamog‘ida qoldirilgan. Sud jazoni yengillashtiruvchi holat sifatida “gumonlanuvchining” hozirda onasi bilan birga yashayotgan ikki farzandi borligini inobatga olgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!