SSV: JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyugening mamlakatimizga tashrifi o‘z yakuniga yetdi

SSV: JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyugening mamlakatimizga tashrifi o‘z yakuniga yetdi

Poytaxtimiz "BMTning sil kasalligi bo‘yicha Oliy darajadagi uchrashuvi bo‘yicha majburiyatlarni bajarish: Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari vakillari ishtirokidagi mintaqaviy muloqot" mavzusidagi xalqaro anjumanga mezbonlik qildi.

Unda JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyuge, JSSTning mamlakatimizdagi vakolatxonasi rahbari Ashina Xalakdina, mamlakatimiz hamda 13 ta xorijiy davlatning sog‘liqni saqlash sohasi mas’ullari, shuningdek "STOP TB Hamkorlik" tashkiloti, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID), OITS, sil va bezgakka qarshi kurashish bo‘yicha global jamg‘arma, Jahon banki hamda Osiyo taraqqiyot banki vakillari ishtirok etdi.

Tadbirdan so‘ng X.Klyuge Uchtepa tuman tibbiyot birlashmasi markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasiga tashrif buyurib, mazkur muassasa misolida milliy tibbiyotimizning birlamchi bo‘g‘inida amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlar bilan tanishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!