Rishi Sunakning uyiga \ noqonuniy kirgan to‘rt kishi hibsga olindi

Rishi Sunakning uyiga \ noqonuniy kirgan to‘rt kishi hibsga olindi

Britaniya polisiyasi Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunakning uyi hududiga noqonuniy kirganlikda gumonlab, to‘rt kishini hibsga oldi, deb xabar beradi Kazinform agentligi.

Shimoliy Yorkshir polisiyasining ma’lum qilishicha, voqea seshanba kuni Angliya shimolidagi Kirbi Sigston qishlog‘idagi Sunak saylov okrugi manzilida sodir bo‘lgan.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari bosh vazirning uyi hududiga notanish shaxslar kirib kelganidan keyin “bir daqiqa ichida” voqea joyiga yetib keldi.

“Ular taxminan soat 12:40 da qo‘lga olindi, shundan so‘ng ular hududdan olib chiqib ketildi va hududga noqonuniy ravishda kirib kelganlikda gumonlanib hibsga olindi”, - deyiladi huquq-tartibot idorasi xabarida.

Hibsga olinganlarning ism-shariflari ko‘rsatilmagan, biroq ular 20, 21, 43 va 52 yoshdaligi, ular Angliyaning turli hududlaridan ekani ko‘rsatilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!