Airbus A320 Neo havo kemasi Zomin shahriga texnik parvozni amalga oshirdi

Airbus A320 Neo havo kemasi Zomin shahriga texnik parvozni amalga oshirdi

"Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi uchish-qo‘nish yo‘lagi rekonstruksiya qilinganidan so‘ng, "Airbus A320 Neo" magistral havo kemasida Toshkentdan Zominga ilk texnik aviaqatnovni amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, "Airbus A320 Neo" Airbus tomonidan ishlab chiqarilgan tor korpusli yo‘lovchi samolyotlarining takomillashtirilgan versiyasidir.

Zomin aeroporti 2023 yilda foydalanishga topshirilgan va "Let L-410" rusumidagi havo kemalarini qabul qilib kelayotgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!