Tesla 11 mingdan ortiq Cybertruck elektromobilini qaytarib oladi

Tesla 11 mingdan ortiq Cybertruck elektromobilini qaytarib oladi

“Tesla” yana o‘zining “Cybertruck” pikaplarini qaytarib olishini e’lon qildi. Bu haqda “3DNews” nashri xabar berdi.

Aprel oyida kompaniya 4000ga yaqin “Cybertruck"ni gaz pedalidagi nosozlik tufayli qaytarib olgandi.

Bu safar kompaniya haydovchining ko‘rishini yomonlashtirishi mumkin bo‘lgan old oyna tozalagichidagi nosozlik tufayli, shuningdek, boshqa haydovchilar uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan sifatsiz o‘rnatilgan korpus qoplamasi tufayli 11688 “Cybertruck"ni chaqirib oladi.

So‘nggi haftalarda old oyna tozalagich bilan bog‘liq muammolar “Cybertruck” egalarining asosiy mavzusiga aylandi va hatto yangi pikap mashinalarini yetkazib berish kechikishiga sabab bo‘ldi

AQSh Milliy avtomobil yo‘llari harakati xavfsizligi boshqarmasining (NHTSA) old oyna tozalagichni chaqirib olish to‘g‘risidagi bildirishnomasida aytilishicha, “haddan tashqari oqim old artgich dvigatel boshqaruvchisi ishlamay qolishiga olib kelishi mumkin”.

Qayd etilishicha, “Tesla” 11 688ta avtomobilda oyna tozalagich motorlarini bepul almashtiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!