Keniyadagi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Polisiyaga yordma kuchi sifatida harbiylar yuborildi

Keniyadagi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Polisiyaga yordma kuchi sifatida harbiylar yuborildi

Mamlakatda favqulodda holat e’lon qilingan. Reuters agentligining xabar berishicha, tartibsizliklar oqibatida kamida 5 kishi halok bo‘lgan va 31 kishi yaralangan. Suv purkagichlar va ko‘zdan yosh oqizuvchi gazlardan foydalanish muvaffaqiyatsizlikka uchragach, polisiya rezina o‘qlarni otishni boshladi. Soliqlarni oshirish to‘g‘risidagi qonun loyihasi parlament binosiga olomonning bostirib kirayotgan vaqtda, milliy parlament tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilindi. Ovoz berishdan so‘ng deputatlar yer osti tunneli orqali olib chiqildi. Keniya prezidenti Uilyam Ruto soliq muhokamasi haqida gapirar ekan:
"O‘zini tinch namoyishchilar sifatida ko‘rsatayotgan jinoyatchilarning xalqni qo‘rqitayotganini qabul qilish mumkin emas va hatto aqlga sig‘maydi", — deya ta’kidladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Covid pandemiyasi, Ukrainadagi urush, ikki yillik qurg‘oqchilik va mahalliy valyutaning qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan bir qator iqtisodiy zarbalar tufayli mamlakat hukumati soliqlarni oshirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!