Germaniyada fuqarolik to‘g‘risidagi yangi qonun kuchga kirdi

Germaniyada fuqarolik to‘g‘risidagi yangi qonun kuchga kirdi

Germaniyada 25-iyundan kuchga kirgan fuqarolik to‘g‘risidagi yangi qonunga ko‘ra, GFR fuqaroligini qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan shaxslar Isroilning davlat sifatida mavjud bo‘lish huquqini tan olishga majbur bo‘lishadi

Bir davlatning fuqaroligini qo‘lga kiritish uchun ikkinchi davlatning mavjudligini tan olish talab qilinishi — jahon amaliyotidagi unikal holatdir

Seshanba kuni Germaniyada fuqarolik to‘g‘risidagi yangi qonun kuchga kirdi. Unda ariza beruvchilar Isroil davlatining mavjud bo‘lish huquqini tan olishlari kerakligi talab qilinishi aniq belgilab qo‘yiladi.

Ichki ishlar vaziri Nensi Fayzer seshanba kuni:

“Antisemitizm, Isroil davlatining mavjud bo‘lish huquqi va Germaniyadagi yahudiylarning hayoti mavzularida yangi test savollari qo‘shildi.

Qadriyatlarimiz bilan o‘rtoqlashadigan va harakat qiladigan har bir kishi, endi nemis pasportini tezroq olishi mumkin va endi eski fuqaroligidan voz kechib, o‘z indentligidan qisman voz kechishi shart bo‘lmaydi.

Ammo biz shuni ham aniq belgilab qo‘ydikki: bizning qadriyatlarimizni hurmat qilmaydigan har qanday kishi nemis pasportini ololmaydi. Biz bu yerda aniq qizil chiziq bilan belgilab qo‘ydik va qonunni avvalgidan ham qattiqroq qildik”.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!