FIFA: "Paxtakor" sobiq futbolchisi oldidagi qarzini to‘lashi kerak

FIFA: "Paxtakor" sobiq futbolchisi oldidagi qarzini to‘lashi kerak

FIFA nizolarni hal qilish palatasi (DRC) niderlandiyalik futbolchi Metyu Stinvordenning "Paxtakor" klubi bilan bog‘liq muammosini ko‘rib chiqdi.

FIFA futbolchining to‘lanmagan maoshi va bonus to‘lovi bo‘yicha da’vosini qondirish haqida qaror chiqardi.

Ma’lumot uchun, bu ishda SILA International Lawyers futbolchining huquqlarini himoya qildi.

Eslatib o‘tamiz, Metyu Stinvorden 2023 yil iyul oyida "Paxtakor" bilan 1,5 yillik shartnoma tuzgandi. 2024 yil 9 fevral kuni "Paxtakor" Stinvorden bilan xayrlashganini e’lon qildi. Himoyachi "sherlar" safida jami 11 ta o‘yinda maydonga tushdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!