"Bavariya" APLdan 60 millionga futbolchi sotib olmoqda

"Bavariya" APLdan 60 millionga futbolchi sotib olmoqda

"Bavariya" shu haftada "Kristal Pelas" futbolchisi Maykl Olisening transferini yakunlaydi.

22 yoshli vinger tez orada Myunxen klub uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va shundan keyin 2029 yil yozigacha shartnoma tuzadi.

Transfer summasi 60 million yevroni tashkil etadi, deb xabar bermoqda Sky jurnalisti Florian Plettenberg.

Eslatib o‘tamiz, futbolchiga MYu va "Chelsi" klublari ham da’vogar edi.

Yakunlangan mavsumda Maykl APLda 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 6 ta assist qayd etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!