Sobiq vazir Bishimbayevga nisbatan hukm o‘zgarishsiz qoldirildi.

Sobiq vazir Bishimbayevga nisbatan hukm o‘zgarishsiz qoldirildi.

Bishimbayev xotini Saltanat Nukenovani o‘ldirganlikda aybdor deb topilib, 13 may kuni 24 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan, shundan keyin hukm ustidan shikoyat bergan edi. Uning advokati endilikda Oliy sudga shikoyat kiritilishini bildirdi.

Apellyasiya sudi sobiq vazirdan tashqari, uning qarindoshi Baxitjon Boyjonovga berilgan jazoni ham o‘zgarishsiz qoldirdi. Boyjonov o‘ta og‘ir jinoyatni yashirishda aybdor deb topilib, 4 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

2016 yil may–dekabr oylarida Qozog‘iston Milliy iqtisodiyot vazirligini boshqargan Quvondiq Bishimbayev Ostonadagi “Gastrosentr” majmuasida xotinini kaltaklab o‘ldirganlikda gumonlanib 2023 yil noyabrda hibsga olingan edi. Oradan 2 kun o‘tib, “Gastrosentr” direktori Baxitjon Boyjonov ham qamoqqa olingan.

Bu jinoyat Qozog‘istonda katta rezonansga sabab bo‘ldi va uning fonida mamlakatda oiladagi zo‘ravonlikka qarshi choralarni kuchaytirish bo‘yicha yangi qonun qabul qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!