NASA «Parker» zondini uchirdi. U Quyoshga rekord darajada yaqin borishi kerak

NASA «Parker» zondini uchirdi. U Quyoshga rekord darajada yaqin borishi kerak

NASA agentligi Delta IV Heavy raketasining «Parker» quyosh zondi bilan parvozi muvaffaqiyatli uchirilganini e’lon qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Raketa Floridadagi Kanaveral burnidagi kosmodromdan uchirilgan.

 

«Parker» zondi Quyosh atmosferasi va uning shamollarini tadqiq etishi kerak. NASA’ning rejasi bo‘yicha, sakkiz yillik missiya davomida zond Quyoshga rekord darajada yaqin — olti million kilometrgacha yaqinlashishi lozim. Shu yo‘l bilan, u Quyosh atmosferasiga kirgan Yerning ilk qurilmasi bo‘ladi.

«Parker» zondini dastlab 11 avgust kuni uchirish rejalashtirilgan edi, biroq raketadagi ma’lumot uzatish tizimidagi tekshiruvlar sabab qoldirildi. Keyinroq parvoz 12 avgustga ko‘chirilgani e’lon qilindi.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!