Narendra Modi Ukrainaga tashrif buyuradi

Narendra Modi Ukrainaga tashrif buyuradi

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Ukrainaga tashrif buyuradi. Bu ma’lumotni Hindiston tashqi ishlar vazirligi tasdiqladi, deb xabar beradi Al Arabiya.

Biroq Tashqi ishlar vazirligi vakillari uning Kiyevga safarining aniq sanasini aytmadi. Bungacha bosh vazir Polshaga tashrif buyurish niyatida.

OAV Modening 26 iyul kuni Kiyevga tashrifi haqida yozgan edi. Sayohat 23 avgustdan erta bo‘lmasligi ma’lum qilingandi. Uni mamlakatga Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy taklif qilgan. Ular allaqachon Italiyada bo‘lib o‘tgan G7 sammitida shaxsan uchrashishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!