Namanganlik ayolning yana 6 kishiga koronavirus yuqtirgani ma’lum bo‘ldi

Namanganlik ayolning yana 6 kishiga koronavirus yuqtirgani ma’lum bo‘ldi

Oldinroq O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 29 taga ko‘paygani haqida xabar bergandik.

Namangan viloyati hokimligi xabariga ko‘ra, bulardan 6 kishi namanganlik. Ya’ni Namanganda yana 6 ta koronavirus holati aniqlangan.

Yodingizda bo‘lsa, oldinroq Umraga borib kelgan namanganlik ayol koronavirusga chalingan va onasiga yuqtirgandi. Onasi esa 72 yoshida surunkali kasalligi tufayli vafot etgandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, aynan shu namanganlik ayol singlisi, singlisining kelini, akasi, akasining xotini, jiyani va tibbiy patronaj hamshirasiga ham koronavirus yuqtirgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!