Namangandan shikoyat: tez tibbiy yordam xodimlariga ajratilgan rag‘batlantirish pullari to‘liq berilmayapti

Namangandan shikoyat: tez tibbiy yordam xodimlariga ajratilgan rag‘batlantirish pullari to‘liq berilmayapti

Xabaringiz bor, “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlashga jalb qilingan tez tibbiy yordam xodimlarini qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida” Hukumat qarori (458-son, 30.07.2020 y.) qabul qilingan edi.

Qarorga muvofiq, koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlashga jalb qilingan tez tibbiy yordam xodimlari quyidagi miqdorda bir martalik moddiy rag‘batlantiriladi:

🔸 vrachlarga – 5 mln so‘m;
🔸 o‘rta tibbiyot xodimlari (feldsherlar va sanitarlar)ga 4 mln so‘m;
🔸 haydovchilarga – 3 mln so‘m.

Ammo "Aniq.uz"ga yo‘llangan murojaatga ko‘ra, Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumanida tez tibbiy yordam xodimlariga, xususan, hamshiralarga belgilangan bir martalik rag‘batlantirish pullari to‘liq berilmagan. Murojaat muallifi hamshiralarga 2 mln atrofida pul berilganini aytmoqda.

P/S. Bu borada aniq xulosa chiqarish fikridan yiroqmiz. Boisi, haqiqat Yaratganga va tegishli odamlargagina ma’lum. Umid qilamiz, tegishli tashkilotlar ushbu holat bo‘yicha munosabat bildirishadi va kerakli choralarni ko‘rishadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!