Namanganda «Moskvich» ariqqa ag‘darilib ketishi oqibatida bir kishi vafot etdi

A A A
Namanganda «Moskvich» ariqqa ag‘darilib ketishi oqibatida bir kishi vafot etdi

 

Namanganda «Moskvich» avtomobili ariqqa ag‘darilib ketdi, deya xabar qilmoqda viloyat IIB matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, 2021 yil 24 fevral kuni soat 10:30 larda Namangan shahar «Mehribonlik» MFY 1-o‘tish yo‘li Ixlos ko‘chasida M-412 rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, shu ko‘chadan oqib o‘tgan «Yangi ariq» arig‘iga ag‘darilib ketgan.

Oqibatda avtomashinada bo‘lgan mahalladoshi, 1962 yilda tug‘ilgan yo‘lovchi tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport boshqarish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!