Namanganda 20 yoshli yigit 9 yashar qizchaning o‘limiga sabab bo‘ldi

Namanganda 20 yoshli yigit 9 yashar qizchaning o‘limiga sabab bo‘ldi

Joriy yilning 14 sentyabr kuni soat 11:00 larda, Namangan viloyati, Kosonsoy tumani hududidan o‘tgan 4R 114 avtomobil yo‘lining 16-kilometrida, haydovchi, 2000 yilda tug‘ilgan A.Q. “Vaz 2107” rusumli avtomobilni boshqarib ketayotib, yo‘lga yugurib chiqqan piyoda, 2011 yilda tug‘ilgan M.O.ni urib yuborib, YTH sodir etgan.

Natijada, voyaga yetmagan, 9 yoshli M.O. og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Kosonsoy tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!