Muxlis minbari: «Yirtqich oq bo‘risizlar»

Muxlis minbari: «Yirtqich oq bo‘risizlar»

Milliy terma jamoam,

Osiyoda zo‘r sizlar.

To‘rt favoritdan biri,

Yirtqich oq bo‘risizlar.

Er kurrai zaminda,

Osiyo katta qit’a.

Shohsupa ko‘zlagan ko‘p,

Kichkina kubok bitta.

Hamjihat bo‘lib torting,

Bir tamonga arava.

Yapondan o‘tish uchun,

Suzmang, shartdir g‘alaba.

Hafsiramang raqibdan,

Qo‘rqqan ikkita ko‘rarkan.

Biru nolga yutgandik,

Demak, yutsa bo‘larkan.

Pley-offlardan o‘tib,

Yo‘l olinglar finalga.

Million-million muxlislar,

Omad tilar sizlarga.

Jamoliddin ERGASHEV


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!