Musulmon ayoldan niqobini yechishni so‘ragan shifokor ishdan ketdi

Musulmon ayoldan niqobini yechishni so‘ragan shifokor ishdan ketdi

Britaniyalik shifokor Kit Volverson musulmon ayolni kamsitishda ayblandi.

Bu haqda "The Mirror" nashri xabar berdi. Ma’lum bo‘lishicha, nikobda bo‘lgan ayol tonzillit bilan og‘rigan 10 yoshli qizini tekshirish uchun olib kelgan bo‘lgan.

Shifokor ayolda qizida paydo bo‘lgan alomatlar haqida so‘rashni boshlagan, ammo ayolning yuzidagi niqob sababli berilgan javoblarni yaxshi eshita olmagan. Shundan u ayoldan yaxshiroq eshitish uchun yuzini ochishni so‘ragan. U rozi bo‘lgan.

Keyinchalik, ayol turmush o‘rtog‘iga shifokor uni yuzini ochishni so‘rab  haqorat qilganini aytgan.

Er-xotin organga murojaat qilib, shifokorning ayol niqobni olib tashlamaguncha maslahat berishdan bosh tortganini ma’lum qilgan.

Tergov ishlari boshlangan. Volverson esa tergov natijalarini kutmay, ishini tark etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!