Mo‘minning nazdida vaqtning qadri

Mo‘minning nazdida vaqtning qadri

Bizga vaqtni ne’mat qilib bergan va uni qadrlashni anglaydigan aql ato etgan Alloh taologa hamdu sanolar bo‘lsin. Vaqtni to‘g‘ri tasarruf qilishni o‘rgatgan va omonatni haqqi bilan ado etgan Nabiyimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga salovotu salomlar bo‘lsin.

O‘tayotgan har bir lahza bizga ato etilgan umrning bir qismidir. Umr, hayot inson uchun berilgan makon va zamondir. Bugungi kunimizga nazar tashlasak Buxoriy, Termiziy va Navoiylar kabi vaqtni haqiqiy qadrlagan ulug‘larning avlodlari sifatida biz vaqtni qadrlamay qo‘ydik. Hozirgi davrda kimningdir oynayi jahon qarshisida ko‘p qolib ketishi, uyali aloqa vositalari yoki kompyuter bilan ovora bo‘lib qolishi, dunyo uchun ham oxirat uchun ham manfaat bermaydigan turli suhbat va ko‘ngil ochar tadbirlar vaqtni qadriga yetmayotganimizga yaqqol dalildir.

Vaholanki, Alloh taolo Mulk surasining ikkinchi oyatida shunday marhamat qiladi: U (Alloh) o‘lim va hayotni sizlarning qaysilaringiz amalda yaxshiroq ekanligini bilish uchun yaratgandir, ... . Oyati kalimaning dalolati, bu hayotning imtihon ekanligini ya’ni, uning har lahzasidan unumli foydalanish bilan Alloh taoloning nazdida Uning muhsin bandalaridan bo‘lishimiz mumkinligini ko‘rsatadi.

Ibn Abbos rozayallohu anhudan rivoyat qilinadiki, Nabiy sollallohu alayhi vasallam dedilar: Ikki ne’mat borki ko‘p insonlar ulardan mahrumdir (ular): Sog‘lik va bo‘sh vaqtdir. (Buxoriy rivoyati).

Yuqoridagi oyat va hadisdan ko‘rinib turibdiki, vaqtning qadriga yetish nechog‘lik saodat bo‘lsa, uni qadrlamaslik shunchalik badbaxtlikdir.

Aziz dindoshim! Alloh azza va jallaning ulug‘ ne’mati bo‘lmish vaqtni qadrlaylik.

  • O‘zimizga nazar tashlaylik ...
  • O‘tgan va o‘tayotgan umrimizga nazar tashlaylik ...
  • Kunlarimizga kerak bo‘lsa, har bir lahzamizga nazar tashlaylik. Nima yutdik-u, nima yutqazdik...
  • Manba: azon.uz

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!