Mol-dunyo va boylik odoblari

Mol-dunyo va boylik odoblari

Boylik insonning o‘z ehtiyojidan va oilasi ehtiyojidan ortiq pul, maskan, ulov, asbob-anjom va turli ne’matlarga ega bo‘lishidir. U kambag‘allikning ziddidir.

Mol so‘zi arabcha mola-yamiylu fe’lining o‘zagi bo‘lib, qiymatga ega va ko‘ngil mayli tortadigan narsani anglatadi.

Ko‘ngil mayli tortadigan qimmatli narsalarning hammasi - pul, tilla, kumush, ko‘chmas va ko‘char mulk va boshqalar mol deyilaveradi. Bu narsalar ko‘ngil tortishi, ishtaha qilishi deyiladi. Ishtaha esa shahvat ma’nosini anglatadi. Shuning uchun Qur’oni karimda bunday narsalarning barchasi shahvatlar deb atalgan.

Alloh taolo Oli Imron surasida marhamat qiladi:

Odamlarga ayollardan, farzandlardan, to‘p to‘p tilla va kumushdan, boqilgan otlardan, chorvalardan, eski-tikindan iborat shahvatlarning muhabbati chiroyli ko‘rsatildi. Bular dunyo hayotining matohidir. Va Alloh - huzurida go‘zal qaytar joy bor Zotdir (14-oyat).

Alloh taolo Jum’a surasida marhamat qiladi:

Bas, namoz tugaganidan so‘ng yer yuzi bo‘ylab tarqaling va Allohning fazlidan talab qiling hamda Allohni ko‘p zikr qiling. Shoyadki, zafar topsangiz (10-oyat).

Namozdan keyin kim savdosiga, kim kasal ko‘rgani, kim ilm talabiga va hokazo-hamma o‘z ishiga qaytishi mumkin.

...va Allohning fazlidan talab qiling...

Allohning fazlini talab qilish davomida dunyoga haddan tashqari berilib ketib, yo‘ldan adashish ham mumkin. Shuning uchun oyatning oxirida:

...hamda Allohni ko‘p zikr qiling. Shoyadki, zafar topsangiz , deyilmoqda.

Mol-dunyoga muhabbat qo‘yish insonning tabiatida bor. Bu muhabbat bo‘lmasa, dunyo obod bo‘lmaydi.

Alloh taolo Fajr surasida marhamat qiladi:

Va molni ko‘p yaxshi ko‘rasizlar (20-oyat).

Islom inson mol jamlash orqali erishadigan turli foydalarni inkor qilmaydi. Balki Qur’oni karim bir necha o‘rinda molni xayr - yaxshilik deb atagan.

Mol jamlash odoblariga rioya qilish.

Mol Alloh taolonikidir.

Alloh taoloning roziligi uchun mol ne’matiga shukr keltirish shartdir.

Mulkdor bo‘lish og‘ir mas’uliyatdir.

Mol-dunyo topish yo‘llariga va manbalariga ahamiyat berish o‘ta zarurdir.

Molu dunyo va boylik odoblaridan biri oila a’zolari va qaramog‘idagilarga nisbatan qizg‘anchiq bo‘lmaslikdir.

Davlatmand kishilarning ziynati saxiylik va yaxshilik qilishdir.

Mol-mulk egasi zimmasida ado etilishi zarur bo‘lgan ko‘p haqlar bor.

Mol-dunyoda Alloh taoloning bir qancha haqqi bor:

  • Mazkur haqlarning birinchisi Alloh taoloning haqlaridan bo‘lmish zakotdir.
  • Molu mulkdagi Alloh taoloning haqlaridan biri fitr sadaqasidir.
  • Mol-mulkdagi Alloh taoloning haqlari ichida turli kafforotlar ham bor.
  • Mol-mulkdagi Alloh taoloning haqlaridan biri nazrlardir.
  • Molu mulkdagi Alloh taoloning haqlaridan biri haj ibodatining sarf-xarajatidir.
  • Mol-mulkdagi bandalarning haqqiga oila a’zolarining, ota-onasining, opa-singlisining va qo‘l ostidagilarning vojib nafaqasi ham kiradi.
  • Mol-mulkda kambag‘al bandalarning ham mustahab haqlari bor.
  • Molu mulkdagi bandalarning haqlaridan biri qarz egasining haqqini qaytarib berishdir.
  • Mol-dunyodagi bandalarning haqlaridan biri birovga moliyaviy talofat yetkazilganda, o‘sha yetkazilgan talofatni to‘lab berishidir.
  • Molu dunyodagi bandalarning haqlaridan biri birovlarga bergan va’daga vafo qilishdir.
  • Saxiylik, muruvvat ko‘rsatish va xayr-ehson ma’nosida, savob umidida mol sarflash ham bandalarning mol-dunyodagi haqlaridandir.
  • Mol-mulk egalarining eng yuksak odoblaridan biri tavozeli bo‘lish va berganini minnat qilmaslikdir.
  • Mol-dunyo va unga bog‘liq turli dabdaba-shuhratlar inson qadrining o‘lchovi bo‘lolmaydi.
  • Insonning ixtiyoridagi mol-dunyo - omonat, inson bir xalifa (vakil), xolos.
  • Taqvodor mo‘min-musulmon odamning e’tiqodi bo‘yicha uning qo‘lidagi mol-dunyo Alloh bergan rizqdir, o‘zi yaratgan narsa emas.
  • Islom dini ta’limoti bo‘yicha, insonning qo‘lidagi mol unga Alloh O‘z fazlidan bergan omonatdir.
  • Yakka musulmonlar qo‘lidagi mol-mulk ayni vaqtda musulmon jamoasining ham mol-mulki hisoblanadi.

Ha, Islom mol-mulkka shunday nazar bilan qaraydi. Musulmonlardan har biri qo‘lidagi molning muhofazasini jamoa a’zolariga topshiradi.

Manba: muslim.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!