Minxas Majid Xon: "Yangi O‘zbekiston va Prezident Shavkat Mirziyoyevning mintaqaviy va global ahamiyatli xayrli tashabbuslarini yaxshi bilamiz"

Minxas Majid Xon: "Yangi O‘zbekiston va Prezident Shavkat Mirziyoyevning mintaqaviy va global ahamiyatli xayrli tashabbuslarini yaxshi bilamiz"

Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan “Deklarasiyalar muloqoti” xalqaro forumining ikkinchi kunida madaniyatlararo diniy savodxonlik va global xavfsizlik mavzusida ham o‘zaro fikr-mulohazalar almashildi.

Minxas Majid Xon,

Peshavor universiteti professori (Pokiston):

— Bugungi globallashuv zamonida dunyo xalqlari madaniyati va azaliy qadriyatlarini saqlash, ularni ezgulik sari yo‘naltirishda diniy savodxonlik tobora dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda. Boisi, din niqobi ostida turli xurujlar urchimoqda. Bunday vaziyatda esa, tabiiyki, insoniyat asosan e’tiqod mustahkamligiga tayanadi. Ayniqsa, yoshlar ta’lim-tarbiyasiga jiddiy e’tibor qaratish lozim.

Ta’kidlash joizki, Pokistonda ham madaniyatlararo diniy savodxonlik masalasi, diniy ekstremizm, separatizmning ayanchli oqibatlari haqida targ‘ibot ishlariga alohida e’tibor qaratiladi. O‘z navbatida, global xavfsizlik masalasi kun tartibida turgan bugungi davrda turli din vakillari o‘rtasida o‘zaro hamjihatlikni ta’minlash, osoyishta hayot qadrini anglashga urinish kabi chora-tadbirlar ham hech eskirmas mavzudir.

Shu ma’noda, bugungi muloqot har bir ishtirokchi davlat uchun qanchalik muhim ahamiyat kasb etishini anglash qiyin emas. Yangi O‘zbekiston va Prezident Shavkat Mirziyoyevning mintaqaviy va global ahamiyatli xayrli tashabbuslarini yaxshi bilamiz. Bu dunyo yoshlarini ezgu maqsad yo‘lida birlashtirish, ekologiyani asrab-avaylash, kambag‘allikni ilg‘or tajribalar asosida tugatish, diniy konfessiyalararo muloqotlarni jipslashtirish, vijdon erkinligini ta’minlash kabi bir qator tashabbuslar qanotida o‘z aksini topadi. Eng muhimi, ana shu ezgu tashabbuslar dunyo hamjamiyati va xalqaro nufuzli tashkilotlar tomonidan ham qizg‘in qo‘llab-quvvatlanib, bugan ularning amaliy natijalarini seza boshladik.

Ishonamizki, Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan “Deklarasiyalar muloqoti” xalqaro forumi ham dunyo miqyosida tinchlik va hamjihatlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!