Milliy gvardiya: Farg‘onada "uddaburon" abituriyent imtihondan chetlatildi (FOTO)

Milliy gvardiya: Farg‘onada "uddaburon" abituriyent imtihondan chetlatildi (FOTO)

Mamlakatimiz bo‘ylab belgilangan joylarda davom etayotgan 2020-2021 o‘quv yili uchun test sinovlari yoshlarimizning nafaqat bilimlarini, balki jamiyatimizda o‘rnatilgan tartib qoidalarga qanchalik rioya qilishlarini ham sinovdan o‘tkazmoqda, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi Qo‘qon shahar markaziy stadioni hududida tashkil etilayotgan oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirish uchun imtihonlarga kelayotgan abituriyentlarni Milliy gvardiya hamda IIB xodimlari sinchkovlik bilan tekshirmoqdalar.

Kecha, 4 sentyabr kuni 2 smenada o‘tkazilishi rejalashtirilgan test sinovlari jarayoniga kelgan abituriyentlarning biridan Farg‘ona viloyati Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan imtihon jarayoniga olib kirib, foydalanish taqiqlangan texnik qurilma topib olindi.

Milliy gvardiya: Farg‘onada "uddaburon" abituriyent imtihondan chetlatildi

www.milliygvardiya.uz

Ushbu abituriyent shu zahotiyoq test topshirish jarayonidan chetlatilib, unga nisbatan Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan belgilangan tartibda choralar ko‘rildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!