Millioner bo‘lish mumkinligini isbotlamoqchi bo‘lgan millioner niyatidan voz kechdi
Aslida dollarda millioner bo‘lgan britaniyalik Mayk Blek bu darajaga istalgan odam chiqa olishi mumkinlgini isbotlash maqsadida YouTube platformasi sosial ekspriment boshlagandi.
U o‘z uyidan, mashina va barcha boyliklaridan voz kechib bir tiyinsiz bir yil davomida 1 mln dollar ishlab topishni maqsad qilgandi. Ammo 10 oy davomida u sog‘lig‘ini yo‘qotib, chuqur depressiyaga tushgan holda bu muddatda jami 64 ming dollar ishlab topdi.
Shundan so‘ng u loyiha muvaffaqiyatsizlikka uchraganini, u istalgan odam bir yilda 1 million dollar ishlab topishining imkoni yo‘qligini tan olib, loyihani to‘xtatishga majbur bo‘lganini ma’lum qildi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)