Microsoft: Eron guruhlari AQSh saylovlariga ta’sir o‘tkazish uchun kiberfaoliyatni kuchaytirdi

 Microsoft: Eron guruhlari AQSh saylovlariga ta’sir o‘tkazish uchun kiberfaoliyatni kuchaytirdi

Microsoft Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan ayrim guruhlar AQSh saylovlariga ta’sir o‘tkazish uchun kiberfaoliyatini kuchaytirganini aytdi.

Microsoft Threat Intelligence Center AQShda 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlariga qaratilgan kiberhujumlar haqida hisobot e’lon qildi.

Hisobotda aytilishicha, Eron AQShdagi saylovlar vaqtida «kiber ta’sir qilish amaliyotlarini» amalga oshirgan.

Unda Eron AQSh saylovlariga ta’sir o‘tkazishga qaratilgan kiber faoliyatini kuchaytirgani ta’kidlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!