MDH davlatlarida terrorchilik tashkilotlarining yagona ro‘yxati tayyorlanmoqda

MDH davlatlarida terrorchilik tashkilotlarining yagona ro‘yxati tayyorlanmoqda

MDH parlamentariylari terroristik tashkilotlarning yagona ro‘yxatini milliy qonunchilikda mustahkamlash zarur, dedi Rossiya Davlat dumasi raisining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Jukov MDH mamlakatlari vakillari bilan anjumanda. "Parlamentskaya gazeta" nashri xabariga asosan.

“Ushbu oyda Yerevanda ODKB Parlament Assambleyasida va undan oldin esa Nur-Sultonda parlament spikerlarining yig‘ilishida terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatini milliy qonunlarda mustahkamlash zarurligi tasdiqlangan edi. Bu oson ish emas, lekin siyosiy partiyalar fraksiyalarining sa’y-harakatlarini birlashtirish kerak”, - dedi Jukov.

Rossiya deputatining so‘zlariga ko‘ra, MDH mamlakatlari bilan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarga oid yuzlab xalqaro shartnomalar loyihalari haqida gap ketmoqda.

Misol tariqasi Jukov Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodinning O‘zbekiston va Tojikistonga ishchi tashrifini keltirdi, bu yerda xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilingandi.

Jukov ta’kidlashicha, Davlat dumasi tegishli qo‘mitalarining chet ellik hamkasblari bilan ishlashi MDH mamlakatlari bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!