"Mayning ferma” tashkil etgan shaxslar aniqlandi

"Mayning ferma” tashkil etgan shaxslar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan “O‘zenergoinspeksiya” hududiy boshqarmasi va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Yangibozor tumani “Yangiyop” MFYdagi xonadonda yashovchi J.T. o‘z uyida 2 ta to‘plamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmasini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 321 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Olmozor tuman bo‘limi tomonidan DXX va ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Namuna” MFYdagi xonadonda yashovchi O.SH. o‘z uyida mayning kripto-aktivlari qurilmasini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 65,3 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!