Maymunchechak qanday simptomlarga ega?

Maymunchechak qanday simptomlarga ega?

Dastlabki alomatlar infeksiya yuqqanidan keyin 5—21-kuni paydo bo‘ladi. Avvaliga simptomlar grippni eslatadi va quyidagicha namoyon bo‘ladi:

- yuqori harorat;
- bosh va mushaklardagi og‘riqlar;
- bel og‘rig‘i;
- kattalashgan limfa tugunlari;
- qaltirash;
- holdan toyish;

1-5 kundan keyin simptomlarga toshma qo‘shiladi. U yuzdan boshlanib pastki a’zolarga tushadi.

Maymunchechak qanday yuqadi?

JSST chechak odamdan odamga bemor bilan yaqin aloqalar orqali yuqishi haqida ogohlantiradi:

  • yuzma-yuz — infeksiya havo-tomchi orqali;
  • teridan teriga — infeksiya bemor terisining zararlangan qismlari bilan teriga tegganda, shu jumladan, jinsiy aloqa paytida;
  • og‘izdan og‘izga — bir-birini o‘pganda yuqadi.

Bundan tashqari, virus ma’lum vaqt kiyim va uy-ro‘zg‘or buyumlarida saqlanishi, shuningdek, onadan homilaga o‘tishi mumkin. Odatda kasallik 2 haftadan 4 haftagacha davom etadi.

Maymunchechakdan qanday himoyalanish mumkin?

Agar sayohat qilishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, ehtiyot choralarini bilishingiz kerak:

  1. Yovvoyi daydi hayvonlar, xususan, kemiruvchilardan ehtiyot bo‘ling, ayniqsa, ular chechak tarqalgan hududlarda yashasa va nosog‘lom ko‘rinishga ega bo‘lsa. Ularning murdasiga tegmang va yovvoyi hayvon go‘shtini yemang.
  2. Zararlangan hayvon tegishi mumkin bo‘lgan narsalarga yaqinlashmang.
  3. Umumiy choyshab va gigiyena buyumlaridan foydalanmang va imkon qadar bemor odamlar bilan yaqin aloqada bo‘lmang.
  4. Gigiyena qoidalariga rioya qiling — qo‘llarni sovunlab yuving yoki spirtli dezinfeksiyalovchi vositalardan foydalaning.
  5. Agar zararlangan odamlarni parvarish qilsangiz, shaxsiy himoya vositalaridan foydalaning.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!