Maykl Jordanning krossovkasi rekord pulga sotildi

Maykl Jordanning krossovkasi rekord pulga sotildi

Basketbol afsonasi Maykl Jordanning krossovkasi kimoshdi savdosida sotildi.

U 1996 yilgi Milliy Basketbol assosiasiyasining finalidan o‘rin olgan beshinchi uchrashuvda "Chikago Bullz" tarkibida "Sietl Supersoniks" (78:89) klubiga qarshi parketga chiqqandi. O‘sha o‘yinda Jordan harakat qilgan krossovkalar auksionda 482 ming dollarga sotildi.

Uchrashuv 1996 yilning 14 iyun kuni Sietl shahrida bo‘lib o‘tgandi. Jordan o‘sha o‘yinda 43 daqiqa harakat qilgan edi. U 26 ochko bilan o‘yinning eng sermahsul basketbolchisiga aylangandi. Lekin Mayklning bu harakatlari "Chikago"ning g‘alaba qozonishi uchun yetarli bo‘lmagandi. Uchrashuvda "Supersoniks" zafar quchgandi.

Sotheby’s auksionida avvalroq Maykl Jordanning boshqa ekipirovkalari ham sotuvga qo‘yilgandi. Mayklning rekord darajada sotilgan futbolkasi 10,1 mln dollarga pullangandi. Bu maykada u 1998 yilning finalning ilk uchrashuvida o‘ynagan edi. Shu yilning fevralida Sotheby’s Jordanning 6 ta poy Air Jordan krossovkalari 8 mln dollarga sotilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!