Masjidul-Harom Qurbon hayitida yopiq bo‘ladimi?

Masjidul-Harom Qurbon hayitida yopiq bo‘ladimi?

Saudiya Arabistoni rasmiylari Qurbon hayitini nishonlash paytida Makkadagi Masjidul-Harom namozxonlar uchun yopiq bo‘lishini ma’lum qildi.

Saudiya mulozimlarining tushuntirishicha, bu bosqichda namozxonlarning xavfsizligi ustuvor vazifa bo‘lib qolmoqda, shuning uchun Makka aholisi hayitni asrlar davomida bo‘lganidek Masjidul-Haromda emas, balki o‘z uylarida o‘tkazadilar, deya xabar bermoqda Khaleej Times gazetasi. 

"Bu yil biz asosan sog‘liqni saqlash masalasiga e’tibor qaratdik, bu noyob vaziyatda juda muhimdir", dedi Makka shahridagi asosiy masjid xavfsizlik kuchlari qo‘mondoni, general-mayor Muhammad al-Ahmadiy.

Avvalroq qirollik rasmiylari Qurbon hayitining birinchi kunini 31 iyul, juma kuni deb e’lon qilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!