Mashhurlar soatiga qancha pul ishlashadi? (infografika)

Mashhurlar soatiga qancha pul ishlashadi? (infografika)

Birovning pulini sanash yaxshi emas, biroq «Business Insider» portali shunga jazm etib, taniqli shou-biznes vakillaridan tortib biznesmenlargacha qancha pul topishini erinmay hisoblab chiqdi. Buning uchun «Forbes» ro‘yxatidan foydalanildi: mashhurlarning oxirgi bir yildagi (2017-2018 yillar) daromadlari 365 kunda necha soat bo‘lsa, shunga bo‘lib chiqildi deb yozadi Xabar.uz nashri.

Aktyorlar, qo‘shiqchilar, sportchilar

Shou-biznes vakillari ro‘yxatini soatiga 27 283 dollar ishlagan aktyor va rejissyor Jorj Kluni boshqarmoqda. Kluni «Forbes»ning «Eng boy aktyorlar» ro‘yxatida ham yetakchi bo‘lganini yaqinda xabar qilgandik. Uning 2017-2018 yillardagi jami daromadi 239 mln. dollar, deb yozmoqda «Business Insider».

Ko‘p pul ishlash bobida 21 yoshli Kayli Jenner ikkinchi o‘rinda — soatiga 19 006 dollar.

Uchinchi o‘rinda — Dueyn Jonson (bir soatda — 14 155 dollar).

Qolganlar quyidagi ro‘yxatda:

Biznes

Biznesmenlar ro‘yxatini esa faoliyatini kitob sotishdan boshlagan «Amazon» asoschisi va rahbari Jeff Bezos boshqaryapti (mana sizga kitobning foydasi!). Bezos bir soatda 4 474 885 dollar pul ishlab topadi.

Bezos 2013 yili «The Washington Post» nashrini 250 million dollarga sotib olgandi. «Vashington post» qanchalik nufuzga egaligini tushuntirish ortiqcha, ammo Bezos shu ulkan mediasaltanatni qo‘lga kiritish uchun yetgulik pulni 55 soatda ishlab topadi…

Soatiga 1 712 328 dollar ishlab topuvchi Mark Sukerberg («Facebook» asoschisi) ikkinchi o‘rindan joy oldi.

Boshqalar ham asosan axborot texnologiyalari kompaniyalarining asoschilari va rahbarlari:

Manba: zamin. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!